Inson manfaatlari — hamma narsadan ustun
Bugun davlatimiz rahbari belgilab bergan vazifalar mohiyatini anglagan, zimmasidagi mas’uliyatni his qilgan rahbarlar xalq bilan yaqin bo‘lishga intilib, muloqotning samarali usullaridan foydalanmoqda.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan xalqni eshitish, aholining talab va istaklarini ro‘yobga chiqarish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanib, fuqarolarning muammolarini hal etish maqsadida joylarda sayyor qabullar tashkil etish urfga aylandi desak adashmagan bo'lamiz.
Joriy yilning 30-mart kuni viloyat adliya boshqarmasi sog'liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda Buxoro shahrida joylashgan Otbozor MFY binosida sayyor qabul hamda tibbiy ko'rik tashkil etishdi.
Aholining ijtimoiy muammolarini o'rganish va unga yechim topish maqsadida o'tkazilgan mazkur tadbirlarda fuqarolarning muammolari tinglanib, ularga huquqiy tushuntirishlar berildi. Amaliy yordam berilishi kerak bo'lgan masalalar nazoratga olindi.