Migrantlarning oila a'zolariga yordam ko'rsatilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-149-sonli Qarorida tuman (shahar) hokimlari, hokim yordamchilari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari va mahalla raislari muntazam ravishda mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolar oila a’zolariga hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqadan samarali foydalanish, kichik ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa turdagi faoliyatni yo‘lga qo‘yishda hamda tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar olishda amaliy yordam ko‘rsatilishi belgilangan.
Mazkur Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, uzoq muddatga ishlash uchun chet davlatlarga ketgan 75 413 nafar fuqarolarning oila a’zolarining ahvoli hamda ehtiyojlari o‘rganilib, hududlarda hokim yordamchilari, mahalla raislari, tegishli tashkilot va idoralar tomonidan 10 722 nafarida ehtiyojlar mavjudligi aniqlandi.
Shuningdek, viloyatda 2022-yilning o‘tgan davri mobaynida tuman (shahar) hokimlari, hokim yordamchilari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari va mahalla raislari muntazam ravishda mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolar oila a’zolariga hunarmandchilik yo‘nalishi bo‘yicha 652 nafar, kasanachilik bo‘yicha 310 nafar, tomarqadan samarali foydalanish bo‘yicha 823 nafar, kichik ishlab chiqarish bo‘yicha 478 nafar, xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 589 nafar va boshqa turdagi faoliyatni yo‘lga qo‘yishda 427 nafar jami 3279 nafar mehnat migranti oilalariga amali yordam ko‘rsatildi.
Bugungi kunda viloyatda mehnat migrantlari va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, har tomonlama ko‘maklashish maqsadida mas’ul ijrochi tashkilotlar tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilib, Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan tematik va manzilli tahlillar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini
nazorat qilish bo‘limi bosh maslahatchisi Sohib Baqoyev