April 13, 2022

Mahallalarda saylov qonunchiligi hamda boshqa dolzarb huquqiy masalalar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda

Hozirgi kunda viloyatlar kesimida joriy yilning may oyida oʻtkaziladigan fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va oʻtkazishga doir ishlar boʻlib oʻtmoqda. Jumladan, Buxoro viloyatida mavjud mahalla fuqarolar yigʻinida ham saylovga tayyorgarlik uyushqoqlik bilan tashkil qilingan.

Adliya bo‘limlari tumandagi deputatlar, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan hamkorlikda mahallarda saylov qonunchligi yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazishmoqda.

Shu kabi tadbirlardan biri Buxoro shahar hokimligi binosida tashkil etilib, unda ko‘cha faollari va aholiga Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining mazmun mohiyati tushuntirib o‘tildi.

Shuningdek, mazkur yig'ilish davomida chet davlatlarning harbiy xizmatlariga kirish va yollangalik uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksininig 154-1-moddasida javobgarlik masalasi belgilab qo'yilganligi xususida to'xtalib o'tildi.

Uchrashuv yakunida mahalla faollari o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirib, albatta bu yilgi saylovlarda faol ishtirok etib, eng munosib nomzodga ovoz berishi va bu mahallaning kelgusi uch yillik taqdirini belsgilab berishda muhim ekanligini ta’kidlab o‘tishdi.