Prezident qarori amalda
Buxoro tuman Yuridik xizmat koʼrsatish Markazi xodimlari tomonidan yuridik xizmat koʼrsatiladigan tuman darajasidagi davlat tashkilotlarida boʼlishib, tashkilotning buyruq, shartnomalar va boshqa huquqiy tusdagi hujjatlar bilan ishlash boʼyicha masʼul xodimlariga “e-huquqshunos” elektron tizimidan foydalanish, loyihalarni tayyorlash va markaz bilan kelishish tartibi ish jarayonida tushuntirildi.
Shuningdek, masʼul xodimlarga Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-son qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik xizmat koʼrsatish markazlari toʼgʼrisida” gi Nizomga muvofiq yuridik xizmat koʼrsatiladigan tashkilotlar tomonidan Markazlar bilan kelishilmagan holda qabul qilingan buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar haqiqiy emas deb topish uchun asos hisoblanishi yana bir bor koʼrsatib oʼtildi.
Markaz xodimlari tomonidan bu kabi uchrashuvlar davom ettirilmoqda.