"Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy" reja-grafigiga asosan targ'ibot tadbiri tashkil etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari "Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy" deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan bugun, 17-fevral kuni Adliya boshqarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi, Buxoro shahar Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi hamda hududiy Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi hamkorlikda Buxoro davlat universitetining yig'ingohida targ'ibot tadbiri tashkil etishdi.
Tadbirda dastlab milliy qonunchiligimizda xotin-qizlarga oid huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, ularning amal qilishi va hayotda tadbiq etilishi, ayollar oʻrtasida jinoyatchiliklarni oldini olishda profilaktik chora-tadbirlar, gender tenglik, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish, ayollarning mehnatga oid huquqlarini himoya qilish va boshqa mavzularda huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shundan so'ng ayollarga tazyiq va zo'ravonlik natijasida xotin-qizlar orasida suitsid oshib borayotganligi alohida ta'kidlanib, bu kabi tazyiq va zo'ravonlik uchun jinoiy javobgarlik mavjudligi, shuningdek, tazyiq va zo'ravonlikga uchragan holatda xotin-qizlar qayerga murojaat qilishi kerakligi hamda himoya orderi xususida batafsil tushuntirishlar berib o'tildi.
Bundan tashqari uchrashuv davomida talaba yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan javoblar olishdi. Bu kabi tadbirlardan ko'zlangan maqsad jamiyatda gender tengligi, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishdir.