"Vatan taqdiri - mening taqdirimda" mavzusida seminr-trening o‘tkazildi
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Shunga ko‘ra yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularning ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda huquqiy bilimlarini oshirish hamda ularda zararli axborotlardan himoyalanish bo‘yicha mustahkam huquqiy immunitetni shakllantirish maqsadida joriy yilning 10 iyun kuni Buxoro Davlat universiteti va viloyat adliya boshqarmasi hamkorligida talaba-yoshlar uchun "Vatan taqdiri - mening taqdirimda" mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Bekzod Nishonov tomonidan ishtirokchilarga jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lida huquqiy targ‘ibotning o‘rni, amaliyotda huquqiy targ‘ibot sohasida yo‘lga qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar, yoshlarga berilayotgan imtiyozlar, yoshlar orasida huquqbuzarlik profilaktikasi bo‘yicha to‘xtalib o‘tidi.
Shuningdek, tadbir davomida talabalar o‘rtasida ularning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va saylov qonunchiligi bo‘yicha huquqiy bilim darajasini aniqlash bo‘yicha blis-savol-javob o‘yinlari tashkil etildi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha tashkilotchilardan tegishli javoblar olishdi.
Ma’lumot uchun: Yurtboshimiz rahbarligida joriy yilning 13 aprel kuni Yoshlar bandligini taminlash va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining ijrosi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan “Vatan taqdiri-mening taqdirimda” mavzusida seminar-treninglar o‘tkazish to‘g‘risida qo‘shma qaror imzolangan bo‘lib, qo‘shma qaror ijrosi bo‘yicha adliya organlari rahbarligidagi ishchi guruhlar tomonidan joylarda doimiy ravishda seminar-treninglar o‘tkazilib borilmoqda.
Jahongir ASHUROV, Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi yetakchi maslahatchisi