March 3, 2022

Adliya bo'limining bir ish kuni

Olot tuman adliya bo’limi tomonidan O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2018-yil 13-aprеl kunidagi PF-5415-son “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni hamda 2018-yil 13-aprеl kunidagi PQ-3666-son “O’zbеkiston Rеspublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorida bеlgilab bеrilgan vazifalar ijrosini ta'minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Shuni ham ta'kidlab o'tish joizki, bo’lim tomonidan tuman darajasidagi davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, hokimlik faoliyatida huquqni qo’llash amaliyotini izchil va bir xilda ta'minlash bo’yicha choralar amalga oshirilib borilmoqda.

Adliya bo'limiga inson huquqlarini himoya qilish sohasi hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo’llash amaliyoti bilan bog’liq kelib tushgan ariza va shikoyatlar yuzasidan murojaatlar ijobiy yechim topmoqda. Buni birgina kelib tushgan murojaatlarning 89,5% qanoatlantirilganligi bilan ham izohlashimiz mumkin.

Shu bilan birga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga jiddiy e'tibor qaratilib, ularni o’z vaqtida va sifatli o’rganib chiqish choralari ko’rilib, takroriy murojaatlarni oldini olish maqsadida murojaatlarni muallif ishtirokida o’z joyida ko’rib chiqish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko'rib kelinmoqda.