Kogon tuman adliya bo'limi tomonidan tumandagi "Bahouddin Naqshband" MFYda sayyor qabul tashkil etildi
Kogon tuman adliya bo'limi tomonidan tumanning "Bahouddin Naqshband" MFY aholisi uchun huquqiy targ'ibot tadbiri hamda sayyor qabul o'tkazildi. Aholining huquqiy muammolarini hal etishga qaratilgan sayyor qabulda tuman adliya bo'limi, Yuridik xizmat ko'rsatish markazi, Davlat xizmatlari markazi, FHDY, IIB va notarius xodimlari ishtirok etdilar.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, mehnat qonunchiligi normalarini qo'llash, fuqarolarning mehnatga doir huquqlarining buzilishini oldini olish choralarni ko‘rish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiya uchun javobgarlik masalalari, xotin-qizlarning huquqlari, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayatgan o'zgartirishlarva boshqa huquqiy masalalar haqida fuqarolarga tushuntirildi.
Sayyor qabul davomida 20 nafarga yaqin fuqarolar o'zlarining taklif va murojaatlari bilan mutasaddilarga yuzlandilar. Murojaatchilarning 10 nafariga joyida huquqiy tushuntirish berilgan bo'lsa qolgan masalalar yuzasidan tuman adliya bo'limining ish yurituviga qabul qilinib, nazoratga olindi.
Shuningdek qabul davomida fuqarolar uchun bepul tibbiy ko'rik tashkil etilib, 1 nafar birinchi guruh nogironiga ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish tuman bo'limi tomonidan nogironlik aravachasi olib berildi.