June 9, 2021

Ko‘chmas mulk ob’ektlarini bir davlat tashkilotidan boshqasiga berish tartibi belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 19.02.2019 yildagi PF-5666-son Farmoniga muvofiq davlat ko‘chmas mulk ob’ektlaridan foydalanish samaradorligini oshirish uchun qoshimcha shart-sharoit yaratish maqsadida Hukumatning 08.06.2021 yildagi 355-son qarori qabul qilidi.

Qaror bilan Respublika ko‘chmas mulk ob’ektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga ko‘ra, respublika ko‘chmas mulk ob’ektlari bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga tegishli kadastr hujjatlari mavjud bo‘lgan taqdirda (qurilishi tugallanmagan ob’ektlar bundan mustasno), operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz beriladi.

Respublika ko‘chmas mulk ob’ekt(lar)i – davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi bilan tegishli bo‘lgan mulkiy kompleks (korxona), binolar va inshootlar, qurilishi tugallanmagan ob’ekt(lar) va u(lar)ning qism(lar)i hisoblanadi.

Shuningdek, respublika ko‘chmas mulk ob’ekt(lar)ini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz berish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

- respublika ko‘chmas mulkning bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz berilishi to‘g‘risida Prezident va (yoki) Hukumatning tegishli topshirig‘i nusxasi (agar mavjud bo‘lsa);

- manfaatdor davlat tashkilotining (topshiruvchi va qabul qiluvchi tashkilot yuqori turuvchi organlarining) respublika ko‘chmas mulkni bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz berish to‘g‘risidagi kelishilgan takliflari bayon etilgan murojaatlari (topshiruvchi hamda qabul qiluvchining yuqori turuvchi organlarining roziligi).

- Mazkur murojaatlarda respublika ko‘chmas mulkni qabul qiluvchi tomonning qabul qilingan ob’ekt(lar)dan foydalanish maqsadlari aniq ko‘rsatilishi shart;

- respublika ko‘chmas mulk ob’ekt(lar)ining kadastr hujjatlari nusxalari;

- ob’ektlarning pasporti (ppt formatda) va fotosuratlari.

Huquqiy targ’ibot va ma’rifat bo’limi