November 4, 2022

Avtoyo'lchilar murojaatlari tinglandi

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi “Inson huquqlarini himoya qilish bo’limi” tomonidan viloyat avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi xodimlari bilan uchrashuv o’tkazildi.

Dastlab, yig’ilganlarga korrupsion jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabablari va qonunchilikda belgilangan jazo choralari tushuntirildi. Shuningdek, rivojlangan davlatlarda ushu illat bilan kurshish bo’yicha qanaday mexanizmlar joriy qilinganligi haqida ma’lumot berildi.

Shundan so’ng, murojaatlar bilan ishlash sohasi haqida ham yig’ilganlarga aytib o'tildi. Jisomoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish, qanday hollarda rad qilish, tegishliligi bo’yicha yuborish tartiblari tushuntirildi.

Bundan tashqari xodimlarning ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar, tegishli ustamalar, xizmat safarlari bilan bog’liq xarajatlar to’lanishi bilan bog’liq murojaatlari qabul qilinib, ish yurituvga olindi.