Maktab, bog'cha va oilaviy poliklinikalar "E-Huquqshunos" tizimiga ulanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 29-iyundagi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan xizmat ko‘rsatish qamrovini yanada kengaytirish maqsadida tashkilotlarga “E-huquqshunos” elektron tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 140-um-son buyrig‘i ijrosini ta'minlash maqsadida, O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligining mas'ul xodimi A.Qo'ldoshev, viloyat adliya boshqarmasi, Shofirkon tuman adliya bo'limi yuridik xizmat korsatish markazlari hamda "UNICON-SOFT” MChJ Buxoro filiali xodimlari tomonidan Shofirkon tuman maktabgacha ta'lim tashkilotlari, umumta'lim maktablari hamda oilaviy poliklinika xodimlariga "E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalanish bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etildi.
Ushbu trening-seminarda yurdik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar o‘rtasida hujjat almashinishi bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, “E-huquqshunos” elektron tizimi funksiyalarining samarali ishlashi, tizimdagi muammo va kamchiliklar, tizimni takomillashtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
seminar so'ngida Shofirkon tumanidagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari, umumta'lim maktablari hamda oilaviy poliklinika rahbarlariga "E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalanish uchun maxsus qurilmalar faollashtirilib, tarqatib berildi.