Rasmiy munosabat
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “BUKHARA NEWS | Расмий канал” telegram kanalida joriy yilning 08-avgust kuni “Peshku tuman Tibbiyot birlashmasi xodimlari majburiy mehnatga jalb qilindi” nomli xabar e’lon qilindi. Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan aniqlanishicha, joriy yilning 08-avgust kuni Tibbiyot birlashmasi hududiga yaqin joyda tibbiyot birlashmasi xodimlari hududdan tashqari joylarni tozalash oqartirish ishlarini bajarganliklari o‘z tasdig‘ini topganligi, tozalik ishlariga jalb qilingan tibbiyot birlashmasi xodimlari lavozim yo‘riqnomasida ko‘rsatilmagan tozalik va oqartirish ishlariga jalb qilinganligi aniqlandi. Yuroqidagilarga asosan Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Buxoro viloyat bandlik bosh boshqarmasiga ma’muriy ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida taklif kiritildi.
Natijada qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan Peshku tuman tibbiyot birlashmasi mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida jarima jazosi qo'llanildi