February 10, 2022

Shofirkon tuman Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan targ'ibot tadbirlari davom ettirilmoqda

Shofirkon tuman Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan Shofirkon tuman Obodonlashtirish boshqarmasida amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan navbatdagi targ'ibot tadbiri tashkillashtirildi.

Mazkur targ'ibot tadbirida dastlab bo‘lim xodimlariga soha faoliyatiga doir qabul qilingan yangi qonun hujjatlari tanishtirilib o‘tildi. Shundan so‘ng xodimlarga murojaatlar bilan ishlash, mehnat qonunchiligi, va ushbu sohada amalga oshirilgan oxirgi islohatlar, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan normalarning ahamiyati hamda korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirildi.

Jumladan, mehnat qonunchiligi normalarini tushuntirish bilan birga, majburiy mehnat uchun javobgarlik, hodimning huquqlari va majburiyatlari, ish beruvchining majburiyatlari, mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish tartibi, ish vaqti va dam olish vaqti, ta'tillar, mehnatga haq to‘lash, qo‘shimcha kafolatlar va imtiyozlar, mehnat nizolari va ularni hal etish tartibi, tibbiy ko‘rik to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, shtirokchilar tomonidan berilgan savollarga markaz hodimlari tomonidan batafsil javoblar berildi.