Tibbiyot muassasasida mehnat qonunchiligi buzilishi holatlari bartaraf etildi
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filialida inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi holatini so‘rov yo‘li bilan o‘rganilganda, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filialining javob xati va unga ilova qilingan hujjatlarda xodimlarga mehnat ta’tillari bilan bog`liq to`lovlarni to`lashda qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
Jumladan, xodim K.A muassasaning 16.12.2021-yildagi 862-sonli buyrug`iga binoan 16.12.2021-yildan mehnat ta’tiliga chiqqan bo`lsada, xodimga to`lovlar 05.01.2022-yilda to`langan.
Shuningdek, xodim R.R muassasaning 25.12.2021-yilda 876-sonli buyrug`i asosida mehnat ta’tiliga chiqqan bo`lsada, xodimga to`lovlar 05.01.2022-yilda to`langan.
Bundan tashqari, S.N muassasaning 28.12.2021-yilda 877-sonli buyrug`i asosida mehnat ta’tiliga chiqqan bo`lsada, xodimga to`lovlar 05.01.2022-yilda to`langan.
Huddi shunday qonunbuzilish holatlari 2021-yilda 454 ta holatda takrorlangan.
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 148-moddasida yillik ta’tillar davri uchun xodimga o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lash kafolatlanishi, ta’til uchun haq to‘lash jamoa shartnomasida belgilangan muddatlarda, lekin ta’til boshlanmasidan oldingi oxirgi ish kunidan kechikmay amalga oshirilishi belgilangan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1984-moddasiga binoan Adliya organlarining bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarini bajarmaslik, shu jumladan o‘z vaqtida yoki to‘liq bajarmaslik, —mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Yuqoridagilarga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3666-son Qaroriga asosan, ko'rsatib o‘tilgan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish va oldini olish hamda aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan choralarni ko'rish yuzasidan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filialiga taqdimnoma kiritilib, qonun buzilishi holatlarini bartaraf etildi hamda mas'ul xodimga intizomiy jazo berilishi ta'minlandi.