Buxoro tuman Xalq taʼlimi boʼlimida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi
Buxoro tuman adliya bo'limi hamda tuman yuridik xizmat koʼrsatish markazi xodimlari hamkorlikda tuman Xalq taʼlimi boʼlimida oʼrta taʼlim maktablarining kadrlar boʼyicha menejer (inspektor)lari ishtirokida qonunlarni mazmun-mohiyatini tushuntirish boʼyicha seminar tashkil etishdi.
Tadbirda dastlab Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentyabrdagi 743-son “Mehnat bozorida mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi. Shundan so'ng, ta'lim sohasida faoliyat yurutuvchilar uchun milliy qonunchiligimizdagi imkoniyatlar va imtiyozlar xususida tushuntirishlar berib o'tildi.
Yuqori saviyada tashkil etilgan mazkur tadbirda ishtirokchilar o'zlariga kerakli bo'lgan ma'lumotlarga ega bo'libgina qolmay, o'zlarini qiziqtirgan savollarga ham javoblar
Shuningdek, mazkur tadbir davomida boʼlim ish yurituviga murojaatlar ham qabul qilib olindi.