“Olamni mahliyo aylagan diyor”
Qorovulbozor tuman adliya bo'limi tomonidan, tasdiqlangan reja-grafik asosida tuman Xalq ta'limi bo'limida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash.”, “Mehnat qonunchiligi normalarini tushuntirish. Soha xodimlarining mehnatga doir huquqlarining buzilishini oldini olish choralarni ko‘rish” hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish. Korrupsiya uchun javobgarlik” mavzularida xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan huquqiy targ'ibot tadbirlari tashkil etildi.
Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan kunning 30 yilligini keng nishonlash maqsadida “Olamni mahliyo aylagan diyor” mavzularida xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan huquqiy maslahat kurslari ham tashkil etildi.