Tibbiyot xodimlarining ko`p yillik ish staji va malaka toifasi uchun ustama to‘lab berilmaganligi aniqlandi
G‘ijduvon tuman adliya bo‘limi tomonidan “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aktsiyasi doirasida 2022-yil 28-mart kuni tuman tibbiyot birlashmasida sayyor qabul tashkil qilinib, 10 nafar tibbiyot xodimlarining ko`p yillik ish staji va malaka toifasi uchun ustama to‘lab berilmaganligi aniqlandi.
Jumladan, fuqaro D.R tuman tibbiyot birlashmasida tez yordam feldsheri vazifasida ishlab kelib, unga 2022-yil yanvar oyidan uzluksiz ish staji uchun tarif stavkasiga 315.999 so‘m ustama to‘lab berilmagan.
Shu kabi, tez yordam shifokori Sh.Q ga 200.083 so`m, KTMP hamshirasi A.J ga 91.817 so‘m, KTMP hamshirasi N.A ga 34.504 so‘m, 1-tug‘ruqxona bolalar kichik hamshirasi M.M ga 129.200 so‘m, “Oq-oltin” OShP patronaj hamshirasi Sh.T ga 138.012 so‘m,
“70-Xalqobod” OP patronaj hamshirasi N.X ga 138.014 so‘m, “66-Ayniy” OP emlash hamshirasi L.I ga 207.020 so‘m, “Sarvari” OShP patronaj xamshirasi G.B ga 138.012 so‘m ustamalar to‘lab berilmagan.
Bundan tashqari, tibbiyot birlashmasining UASh bo‘limi statisti S.E ga 2022-yil yanvar oyidan malaka toifasi uchun ustama olish huquqi vujudga kelgani holda unga 262.810 so‘m ustama to‘lanmagan.
Murojaatlarni o'rganish davomida, tuman tibbiyot birlashmasiga jami 1.878.246 so`mlik ustamalarni to`lab berish haqida taqdimnoma kiritilib, to'lovlar undirilib berishi ta'minlandi.