March 4, 2022

Kasaba uyushmasining yig`ilish o`tkazildi

Bugun, 4-mart kuni Buxoro viloyat adliya boshqarmasi kasaba uyushmasining 2021-yil faoliyati hisobotini eshitish yuzasidan yig`ilish o`tkazildi.

Yig`ilishda boshqarma, tuman (shahar) adliya bo`limlari hamda yuridik xizmat ko`rsatish markazlari xodimlari ishtirok etishdi.

2021-yilga tuzilgan jamoa shartnomasining bajarilishi yuzasidan Inson huquqlarini himoya qilish bo'limi boshlig'i Tuyg'un Azimovning axboroti tinglandi.

Yig`ilish davomida kasaba uyushmalari faoliyatini yo'lga qo'yishdan ko'zlangan asosiy maqsad – tizimda faoliyat yuritayotgan ishchi-xizmatchilarning mehnat hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini yoqlab chiqish va himoya qilish, shuningdek ularni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishdan iborat ekanligi ta'kidlab o'tildi.

Shuningdek, kasaba uyushmalarining faoliyatini yanada kuchaytirish, bunda kasaba uyushmasi a’zolarini tashabbuskorligi va faolligini oshirish, o’z navbatida tashabbuskor va faol xodimlarni muntazam ravishda rag’batlantirib borish masalalarida ham fikr-mulohaza yuritildi.