October 12, 2022

Mualliflik huquqlarini himoyasiga bag'ishlangan seminar tadbiri

Adliya boshqarmasi rahbariyati hamda mas’ul xodimlari tomonidan 2022-yil
11-oktabr kuni viloyat madaniyat boshqarmasi majlislar zalida O‘zbekiston
Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyat bo‘limi va “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi
Buxoro viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda viloyat hududida faoliyat olib borayotgan
san’at vakillari, ijodkorlar, bastakorlar, shoir va yozuvchilar ishtirokida ularning
mualliflik va turdosh huquqlari bo‘yicha huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida
seminar tadbiri o‘tkazildi.

Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan mualliflik huquqlari himoyasiga oid qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati qatnashchilarga tushuntirib berildi.

San'atkor va yozuvchilarni qiziqtirgan savollarga viloyat adliya boshqarmasi ma'sul xodimlari tomonidan javob berildi.