Ijro intizomi tahlil qilindi
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida ijro intizomiga mas’ul rahbarlarning hujjatlar bilan ishlashini tashkil etish hamda ijro intizomini yanada mustahkamlash yuzasidan “ZOOM” platformasi orqali navbatdagi amaliy seminar (vebinar) o‘tkazildi.
Dastlab, Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizmiga ijro uchun kelib tushgan xujjatlar tahlil qilindi. Unga ko’ra joriy yilning mos davrida tizimga jami 1 125 ta Prezident xujjatlari kelib tushgan bo‘lib, shulardan: farmon – 170 ta, qaror – 617 ta, farmoyish - 28 ta, bayon – 310 tani tashkil qiladi.
Mazkur xujjatlarga asosan jami topshiriqlar soni 8 850 ta bo‘lib, shulardan: 1236 tasi farmonlar bo‘yicha, 4390 tasi qarorlar bo‘yicha, 181 tasi farmoyishlar bo‘yicha, 3043 tasi bayonlar bo‘yicha kelib tushgan.
Bundan tashqari tizimga kelib tushgan ba’zi topshiriqlarga ijrochi belgilanmay kelinayotgan holatlar ham tanqidiy tahlil qilindi. Birgina joriy yilning oktyabr oyida “Ijro.gov.uz” tizimida mas’ul ijrochilar belgilanmasdan kelinayotgan 59 ta topshiriqlar viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ijroga qaratilishida amaliy yordam ko’rsatilgan.
Bugungi kunga qadar, mahalliy ijro etuvchi hokimliklar, davlat organlari va tashkilotlarining qonunchilik hujjatlari va tapshiriqlarining ijrosi uchun mas’ul bo‘lgan shaxslariga huquqiy-uslubiy jixatdan ko‘maklashish maqsadida, “Zoom” platformasi orqali Ijro intizomini mustahkamlash har bir rahbar xodimning kundalik qoidasi bo‘lishi kerak mavzusidajoriy yilning o‘tgan davrida 8 marotaba o‘quv seminarlar tashkil etilgan.