March 4, 2022

Notariuslar ishtirokida o'quv-seminar tashkil etildi

Joriy yilning 3-mart kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son "Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini xususiylashtirish haqida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida"gi qarorini mazmun-mohoyatini notariuslar e'tiboriga yetkazish maqsadida onlayn hamda offline tarzida о‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminar davomida yuqorida ko'rsatib o'tilgan qarorga asosan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir Ma'muriy reglamentga asosan yer uchastkasini xususiylashtirishda davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi borasida tushuntirishlar berib o'tildi.

Seminar savol-javobga boy hamda ko'tarinki tarzda о‘tib, haqiqiy tajriba almashish maydoniga aylandi va ishtirokchilar tomonidan bu kabi о‘quv-seminarni muntazam tashkil etib borilishi taklifi bildirildi.