July 6, 2022

Vobkent tumanidagi tashkilotlar ham "E-Huquqshunos" elektron tizimiga ulandi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-173-sonli qarori asosan yuridik xizmat ko'rsatish Markazlari tomonidan davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va davlat ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarga yuridik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish ko'rsatilgan.

Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori ijrosi ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ishchi guruhi mas'ul xodimi A.Qo'ldoshev, Vobkent tuman adliya bo'limi hamda yuridik xizmat ko'rsatish Markazi xodimlari va “UNICON-SOFT” MChJ Buxoro filiali xodimlari hamkorligida Vobkent tumanidagi umumta'lim maktablari, davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari va oilaviy poliklinika rahbarlari o'rtasida trening-seminar bo'lib o'tdi.

Ushbu seminarda yuridik xizmat ko‘rsatish belgilanayotgan tashkilotlarning mas’ul xodimlari uchun “E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalanish, “E-huquqshunos” elektron tizimida shaxsiy kabinet yaratib berish bo'yicha tushuntirishlar berishdi.

seminar so'ngida Vobkent tumanidagi 7 ta oilaviy poliklinika, 32 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti va 42 ta umumta'lim maktablari rahbarlariga “E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalanish uchun maxsus apparat qurilmalari faollashtirilib tarqatib berildi.