Xotin-qizlar huquqlari davlat organlari himoyasida
Joriy yilning 14-fevral kuni Buxoro tuman adliya bo'lini tomonidan tumandagi “Xonobod” mahalla fuqarolar yigʼini binosida "Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha dolzarb ikki oy" reja-grafigiga asosan sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul jarayonida xotin-qizlarni huquqlari, ularga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar hamda 2022-yil 29-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-sonli Farmoni bo'yicha xotin-qizlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida so'z yuritildixotin-qizlarni ijtimoiy himoyasiga qaratilgan qonun hujjatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, sayyor qabul jarayonida xotin-qizlar o'zlarini qiynayotgan muammoli savollariga huquqiy tushuntirishlar olishdi. Shu bilan birga qabul natijasi bo'yicha 3 ta murojaat bo'lim ish yurituviga qabul qilib olindi.