Huquqiy ong ustun bo'lgandagina jamiyatda rivojlanish bo'ladi
Qorovulbozor adliya bo'limi tomonidan tumanda joylashgan 99265-sonli harbiy qismda "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida targ'ibot tadbiri amalga oshirildi.
Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan keskin munosabatni shakllantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda tuman adliya bo‘limi xodimlari "Korrupsiya – har bir shaxs, har bir oila va ayniqsa, davlatimiz rivojlanishiga toʻsiqdir. Qolaversa, korrupsiya – bu shunchaki jinoyat yoki huquqbuzarlik emas, balki jamiyat va inson maʼnaviyatining buzilish holatidir", - deya o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Tadbir yakunida mavzuga oid halollik, vatanparvarlik va kasbga sadoqat kabi tuygʻularni aks etgan videolavha yigʻilganlar eʼtiboriga havola etildi.
Shu bilan birga tadbir davomida harbiy xizmatchilarga qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar hamda ularga berilgan imtiyozlar haqida huquqiy tushuntirish berilib, savol-javoblar tashkil etildi.