February 5, 2022

Noqonuniy ravishda ishdan bo'shatilgan xodim ishga qayta tiklandi

Fuqaro O'.Karimov G'ijduvon tuman adliya bo'limiga murojaat qilib, ish beruvchi korxona u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini noqonuniy ravishda bekor qilganligini bildirib, ishga qayta tiklanishida amaliy yordam so'rab murojaat qilgan.

Adliya bo'limi tomonidan Fuqaro O'.Karimovning 05.01.2022-yildagi mehnat huquqlari buzilganligi yuzasidan murojaati o'rganilib, aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish haqida tuman Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limiga taqdimnoma kiritildi. Taqdimnoma natijasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish haqidagi 2022-yil 5-yanvardagi xodimlar mehnatini tashkil etish to'g'risidagi 1/3-sonli buyrug'i oqibatsiz qoldirildi hamda xodimni ishga tiklanishi ta'minlanib, ushbu noqonuniy buyruq chiqargan mas'ul xodimga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari ko'rilishi ta'minlandi.

G'ijduvon tuman adliya bo'limi