August 4, 2022

Shofirkonda sayyor qabul o'tkazildi

Shofirkon tuman adliya bo'limi tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarlik bo’yicha qizil hudud toifasiga kiruvchi “Qalmaon” MFY aholisi uchun hududdagi hokim yordamchisi, bandlik va tijorat banklari vakillari ishtirokida yangi qabul qilingan dolzarb qonun hujjatlari mazmunini tushuntirishga qaratilgan huquqiy axborot kuni va sayyor qabul tashkil etildi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o'zgartirishlar hamda shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinlgi va boshqa muhim qonun hujjatlari mazmuni tushuntirildi.

Tadbir davomida fuqarolarga tuman adliya bo’limi, FHDY bo’limi, Davlat xizmatlari markazi va notarius tomonidan huquqiy maslahatlar berildi.