March 16, 2022
Hisobotlarda yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar yuzasidan tushuntirishlar berildi
Kuni kecha Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan masjidlarning imom-xatiblari, imom-noib va mutavallilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur davra suhbati davomida diniy tashkilotlar faoliyatida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun va boshqa qonunchilik talablariga rioya etilishi, Internet jahon axborot tarmog‘ida chiqishlarda amaldagi qonunchilik va ustav talablariga rioya etilishi zarurligi, mehnat qonunchiligi va ish yurituvi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, hisobotlarda yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar yuzasidan tushuntirishlar berib o'tildi.