May 20, 2022

Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov Buxoro viloyatidagi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashdi

Unda NNTlarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratining ahvoli hamda sohada uchrayotgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, milliy va xalqaro grant loyihalarini yozish bo‘yicha seminarlar tashkillashtirish, davlat organlari tomonidan viloyatlar darajasida ijtimoiy buyurtmalarni berish masalalari qayd etildi.

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi rasmiy saytida NNTlar faoliyatiga oid alohida bo‘lim tashkil qilish, unda sohaga oid ko‘p beriladigan savol-javoblar, imtiyozlar va preferensiyalarga oid bo‘limni ishga tushirish yuzasidan topshiriq berildi.

Uchrashuvda qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilib, ulardan kelgusida sohani rivojlantirish maqsadida foydalanilishi qayd etildi.

Viloyat adliya boshqarmasi va NNTlari o‘rtasida har chorakda uchrashuvlar o‘tkazib borishga kelishib olindi.