February 9, 2022

Shofirkon tuman Yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi ma'sullari uchun amaldagi qonunchilikka oid tushuntirishlar berildi.

Shofirkon tuman Yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi mas'ullariga amaldagi qonunchilikka oid yangiliklar tushuntirildi. Xususan, Veterinariya bo'limi mas'ullariga jismoniy va yuridikshaxslarga pullik xizmat ko'rsatish jarayonida shartnomlarni rasmiylashtirish, xodimlarni ish vaqtidan tashqari vaqtlarda ishga jalb etishda amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilish, murojaat turlari, ularni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlariga amal qilish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi hamda qo‘shimcha kafolatlar va imtiyozlar, mehnat nizolari va ularni hal etish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ushbu tadbir jarayoni davomida "E-huquqshunos" elektron tizimiga buyruqlar, shartnomalar , yuridik tusdagi hujjatlarni va ulardan foydalanish tartibi tushuntirib o'tildi.

Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga markaz hodimlari tomonidan batafsil javoblar berildi.

Shofirkon tuman Yuridik

xizmat ko'rsatish markazi