August 10, 2022
Xalq deputatlari kengashiga axborot taqdim qilindi
Qorako'l tuman xalq deputatlari kengashining 58-sessiyasida tuman adliya bo'limining axboroti tinglandi.
Qonunchilikka ko'ra tuman(shahar) adliya bo'limlari tomonidan har chorakda xalq deputatlari kengashlariga norma ijodkorligi va huquqni qo'llash amaliyotining ahvoli haqida axborot taqdim qilish belgilangan.
Qorako'l tuman adliya bo'limi tomonidan 2022-yilning 2 choragi davomida norma ijodkorligi va huquqni qo'llash amaliyotining ahvoli haqida Qorako'l tuman xalq deputatlari kengashiga axborot berildi.