Qorako‘lda "Mening huquq va majburiyatlarim" tanlovi g’oliblari aniqlandi
Qorako‘l tuman xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta'lim maktablari jamoalari o‘rtasida "Mening huquq va majburiyatlarim" tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilar o‘rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha huquqiy-ma'rifiy tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini o‘rgatish bilan uyg‘un holda tashkil qilishga, shuningdek, har bir o‘quvchida davlat ramzlari bilan faxrlanish tuyg‘ularni shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik, faol fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish, o‘quvchilardla huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash g‘oyalarini keng targ‘ib qilishdan iborat.
Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra 3-o‘rin 1-sonli maktabning Liberal jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, 2-o‘ringa 44-maktabning Adolat jamoasi ega chiqdi. 34-sonli maktabning Hidoya jamoasi esa hakamlar hay’ati tomonidan 1-o‘ringa loyiq topildi. Tanlovda g'olib bo‘lgan jamoalarga tuman xalq ta'limi bo‘limining esdalik sovg'alari taqdim etildi.