July 16, 2022

Buxoro tuman adliya bo'limi tomonidan targ'ibot tadbirlari o'tkazildi

Buxoro tuman adliya bo'limi va YuXKM xodimlari tomonidan, "Ta'lim olish huquqining yangi konstitutsiyaviy kafolatlari", "Yangilanayotgan Konstitutsiyada murojaat qilish huquqi institutining takomillashtirilishi", "Huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo’shimchalarning zaruriyati va ularning umumiy mazmuni", "O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanadi- yangilanayotgan Konstitutsiyadagi insonparvar qoidalar", "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining hamda xususiy mulk daxlsizligining yangi konstitutsiyaviy kafolatlari" va tasdiqlangan reja-grafik asosida tuman Irrigatsiya bo'limida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash.”, “Mehnat qonunchiligi normalarini tushuntirish. Soha xodimlarining mehnatga doir huquqlarining buzilishini oldini olish choralarni ko‘rish” hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish. Korrupsiya uchun javobgarlik” mavzularida xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan huquqiy maslahat kurslari tashkil etildi.