November 22, 2022

Sayyor qabullarda fuqarolarning muammolari hal etilmoqda

Shofirkon tumanidagi “Mirzoqul” MFYda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Sherzod Bahronov boshchiligida sayyor qabul tashkil etildi.

Qabulda aholi tomonidan aliment pulini undirish, yangi gaz hisoblagich o‘rnatib berish, ichimlik suvi, elektr energiyasi, tabiiy gaz bosimini oshirish, "Ayollar daftari"ga kiritishga ko‘mak berish singari masalalarda 20 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi. Shundan 6 tasi joyida hal etilib, 5 tasiga huquqiy tushuntirish berildi. Qolganlari esa tegishli masʼullarga yo‘naltirildi.

Shuningdek, qabul davomida fuqaro aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, xizmat ko'rsatish sohasini kengaytirish maqsadida ushbu hududda yashovchi Olim Usmonovga o‘zini band qilishi uchun 30 mln so'm imtiyozlik kredit mablag'lari hisobiga 3 g‘ildirakli mototsikl berildi.

Bundan tashqari, qabul davomida fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida 3 nafar fuqaroga elektron raqamli imzo olib berildi, 2 nafar fuqaroga esa narkologiya bo'yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to'g'risida, Ruhiy kasalliklar bo'yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to'g'risida ma'lumotnomalar hamda 1 nafar fuqaroga sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to'g'risida ma'lumotnomalarni olish bo'yicha xizmatlar ko`rsatildi.

Shu bilan birga, 2 ta tadbirkorlik subyektiga elektron raqamli imzolar olib berilib, aholiga davlat xizmatlaridan foydalanish bo'yicha tushuntirishlar berib o'tildi.