June 22, 2022

Qaror mazmun-mohiyati tushuntirildi

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va Buxoro shahar adliya bo'limi xodimlari tomonidan Buxoro muhandislik-texnologiya institutida O'zbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida”gi Qonuni hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to'g'risida”gi qarori mazmun-mohiyati, shuningdek, ta'lim muassasalarida majburiy mehnatning har qanday ko'rinishini oldini olish yuzasidan institut o'qituvchi va xodimlari ishtirokida o'quv-seminari tashkil etildi.

Ushbu seminar davomida institut o'qituvchi va xodimlari tomonidan sohaga oid berilgan savollarga batafsil tushuntirishlar berildi.