«Prezident Qarorlari — hayotda va nazoratda»
Mamlakatimizda so‘ngi yillarda jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, qolaversa, xalqaro maydonlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan sportchilar uchun barcha sharoitlarni yaratishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda.
Jumladan, bolalar va yoshlarning maktabdan tashqari sport ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish orqali iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya)ning yangi mexanizmlarini joriy qilindi. Sportchilarning Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida, boshqa nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi hamda yuqori natijalarga erishishini ta’minlash, bu borada trener va sport mutaxassislari mehnatini adolatli asosda rag‘batlantirish maqsadida qator ishlar amalga oshirildi. Davlatimiz rahbarining 2022-yil 6-iyundagi “Davlat sport-ta’lim muassasalari faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asosi bo‘ldi.
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan markur hujjatda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan sportchilarga huquqiy-uslubiy ko‘mak berish, sport inshootlarida hamda jismoniy tarbiya, sport markazlari va klublarida “ochiq eshiklar” kunlarini tashkil etish kabi ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, viloyat sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi tizimidagi barcha sport inshootlari hamda sport ta’lim muassasalarida haftaning shanba va yakshanba kunlari soat 07:00 dan 20:00ga qadar, boshqa kunlari soat 07:00 dan 10:00ga qadarva soat 18:00 dan 20:00ga qadar “Ochiq eshiklar kuni” deb e’lon qilinib, topshiriqning amalda bajarilishi ta’minlanmoqda.
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish bo‘limi bosh maslahatchisi S.Baqoyev