July 27, 2022

Xotin-qizlar uchun huquqiy ko'mak berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmonida belgilangan vazifa va tadbirlarni amalga oshirish maqsadida joriy yilning 26-iyul kuni Romitan tuman “Bog‘cha” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlarga ularni qiynayotgan muammolar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

Targ'ibot tadbirida xotin qizlarga berilayotgan imtiyozlar xususida, gender tengligi masalasida, shuningdek “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.