Tadbirkorning murojaati ijobiy yechim topdi
Fuqaro Oqmurodov Erkin Olot tuman hokimligi tomonidan o‘ziga tegishli oshxona binosi buzdirilib, tumon hokimligi tomonidan ushbu buzdirilgan obyektga teng miqdorda yer maydoni ajratilmaganligi hamda kompensatsiya to‘lovi to‘lanmaganligidan norozi bo'lib Olot tuman adliya bo‘limiga murojaat qildi.
Tuman adliya bo'limi tomonidan ushbu murojaatni ijobiy hal etish yuzasidan amalga oshirilgan o'rganish jarayonida E.Oqmurotovga tegishli ushbu joyga qurilgan oshxona binosi Vazirlar Maxkamasining 25.06.2013-yildagi “2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 178-sonli qarorining ijrosini ta’minlash yuzasidan tumandagi “Xumo” madaniyat va istiroxat bog‘ini obodonlashtirish, moddiy-texnika bazasini yanada mustaxkamlash, hududdagi bino-inshootlarni tartibga keltirish, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish maqsadida chiqarilgan tuman hokimining 2014-yil 02-aprel kunidagi 52f-sonli farmoyishi bilan 2018-2020-yillar mobaynida noqonuniy ravishda buzib tashlangan bo‘lsada, mulkdorga teng miqdorda yer uchastkasi ajratish va kompensatsiya to‘lanishi masalasi bugungi kunga qadar hal etilmaganligi aniqlandi.
Vaholanki, o‘sha davrda amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 97-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 2-bandiga muvofiq, yer uchastkasi yoki uning bir qismini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish yer egasining roziligi bilan yoki yerdan foydalanuvchi va ijaraga oluvchi bilan kelishuv bo‘yicha - tegishli ravishda tuman, shahar hokimi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori bo‘yicha yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi, 8-bandiga ko‘ra, yer uchastkalarini olib qo‘yish kompensatsiyaning quyidagi turlari: jumladan, fuqarolarga uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam bo‘lmagan boshqa teng qiymatli obod turar joyni mulk qilib berish va dov-daraxtlar qiymatini to‘lash; buzilayotgan uylar, boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlar qiymatini fuqarolarga to‘lash, shuningdek, yer uchastkasini olib qo‘yish munosabati bilan mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash; yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi oqibatida yetkazilgan zararlarni to‘laligicha qoplash; fuqarolarga va yuridik shaxslarga tegishli buzilishi kerak bo‘lgan uylar, imoratlar va inshootlarni ko‘chirish va yangi joyda tiklash, shuningdek, yer uchastkasini olib qo‘yish munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararlarni qoplash; yangi joyda uylar, imoratlar qurish hamda ularni fuqarolar va yuridik shaxslarga mulk qilib berish, shuningdek, yer uchastkasini olib qo‘yish munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararlarni qoplash yo‘li bilan amalga oshirilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Shundan kelin chiqgan holda qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish maqsadida Olot tuman adliya bo'limi tomonidan buzilgan oshxona binosi uchun teng miqdorda pul summasi va kompensatsiya undirib berish haqida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumanlararo sudiga daʼvo ariza kiritilib, sudning hal qiluv qaroriga asosan javobgar Olot tuman hokimligidan da’vogar foydasiga 121.004.233 so‘m undirish belgilanib, tadbirkorning murojaati qanoatlantirildi.