July 25, 2022

Intelektual mulk huquqlari qonun himoyasida

Milliy brendlarning yaratilishi, ixtirolarning tijoratlashuvi, ilm-fan rivojiga, mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga, qolaversa, aholi turmush darajasining oshishiga xizmat qiladi. Shu bois, jamiyatda ilm-fan salohiyatini yuksaltirish, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini hamda intellektual mulk himoyasini ta'minlash muhim ahamiyatga ega. Buxoro viloyatida mavjud oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari xodimlarining intellektual mulk sohasidagi malakasini oshirish yuzasidan o’tkazilgan o’quv seminar ham ayni shu maqsadlarga xizmat qiladi.

Bugun milliy brend mahsulot yaratish va uni jahon bozoriga targ'ib etish mamlakatning ishlab chiqarish salohiyatining oshishiga, iqtisodiy nufuziga ta'sir ko'rsatadi. Qolaversa, intellektual faoliyat natijalaridan foydalanish, mukammal mahsulot ishlab chiqarish va ularni sotishda katta daromad olish imkonini beradi. Milliy brendning yaratilishiga hissa qo'shadigan intellektual mulk muhitini tubdan yangilash kerak. Har bir idora va tarmoqlarga intellektual mulk ob'ektlarini kiritish yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish lozim. O’tkazilgan o’quv seminarda ham mas’ullar yig’ilganlarga intelektual mulk sohasida qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, mualliflik huquqining qonuniy himoyasi haqida ma’lumot berishdi.

Xulosa qilib aytganda, bugun yangi g'oyalar va innovatsiyalarni amalda targ'ib etishda jahon tajribasini qo'llagan holda intellektual mulk himoyasi kuchaytirilmoqda. Bu borada puxta tuzilgan strategik reja ishlab chiqilib, amalga oshiriladigan chora tadbirlar belgilab olingan. Zero, bu sohadagi ishlar jamiyatni innovatsion rivojlantirish va yuksak taraqqiyotga erishishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi.