2022-yilning yanvar oyi uchun eng yaxshi xodim e’lon qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Barotov Azizbek Mustaqimovich boshqarma tomonidan 2022-yilning yanvar oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.
A.Barotov adliya tizimida o‘z mehnat faoliyatini 2010-yilda boshlagan bo‘lib, 2021-yilning fevral oyidan hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
U bo‘lim faoliyati yo‘nalishidan kelib chiqib davlat organlari va tashkilotlarining qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta’minlash borasidagi faoliyatini o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlashida o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
Boshqarma jamoasi Barotov Azizbek Mustaqimovichni mazkur e’tirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi.