May 26, 2021

Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

Joriy yilnig 20 may kunida Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Buxoro filialida tashkilot xodimlarining huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish maqsadida “Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati tashkillashtirdi.

Tadbirda Buxoro shahar adliya bo‘limi boshlig‘i A.Bafoev hamda Buxoro shahar “Xo‘ja Tabband” jome masjidi imom xatibi K.Niyozov ishtirok etib, ma`ruzachilar davlat va jamiyat rivojiga jiddiy ta'sir ko‘rsatuvchi xavfli omil korrupsiyaga haqida, uning xavfli jinoyat ekanligi haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Jumladan, Buxoro shahar adliya bo‘limi boshlig‘i A.Bafoev o‘zining ma'ruzasida korrupsiyaga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar haqida xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoni va javobgarlik masalalari yuzasidan to‘xtalib o‘tdi.

Buxoro shahar “Xo‘ja Tabband” jome masjidi imom xatibi K.Niyozov ushbu davra suhbatida poraxo‘rlik, harom va halol, gunoh, odillik haqida filial xodimlariga diniy tomondan o‘z fikrlarini bildirdi.

Tadbir yakunida filial xodimlari tomonidan berilgan savollarga aniq tushuntirishlar berilib, o‘zaro fikr-mulohazalar almashildi.

Buxoro shahar adliya bo‘limi