“Prezident qarorlari – hayotda va nazoratda”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmoni bilan Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi hamda Buxoro viloyat adliya boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish hududiy bo‘limi tashkil etilgan.
Mazkur Farmonga asosan adliya organlari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishini nazorat qiladi.
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan qilingan tahlillar natijasiga ko‘ra, viloyat bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimi orqali ijro uchun jami 8 903 ta Prezident topshiriqlari kelib tushgan bo‘lib, shulardan: farmonlar bo‘yicha 1236 ta, qarorlar
4412 ta, farmoyishlar bo‘yicha 181 ta, bayonlar bo’yicha esa 3073 tani tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlarini ijrosi yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga huquqiy-uslubiy jihatdan ko‘maklashish yuzasidan joriy yilning o‘tgan davrida “Ijro.gov.uz” tizimida mas’ul ijrochilar belgilanmasdan kelinayotgan 48 ta topshiriqlar ijroga qaratilishida, joriy yil 10 oy davomida mahalliy davlat hokimiyati organlariga 78 marotaba huquqiy-uslubiy jihatdan ko‘maklashilgan.
Mahalliy ijro etuvchi hokimliklar, davlat organlari va tashkilotlariga huquqiy-uslubiy jixatdan ko‘maklashish maqsadida, “Zoom” platformasi orqali Ijro intizomini mustahkamlash mavzusida 8 marotaba o‘quv seminarlar (master klass) tashkil etilgan.