Qonunchilik hujjatlarini tartibga solish ta’sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish masalasida seminar bo'lib o'tdi
Joriy yilning 14-mart kuni Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarida “Qonunchilik hujjatlarinitartibga solish ta’sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish: siyosati, ahamiyati, zarurati, tartibi va uslubiyoti” mavzusida seminar tashkil etildi.
Online hamda offline tarzda tashkil etilgan ushbu seminarda adliya vaziri o‘rinbosari A. Karimov, BMTning Taraqqiyot Dasturi ekspertlari, xususan, Korrupsiyaga qarshi kurash va samarali boshqaruv masalalari bo‘yicha maslahatchisi Khachik Harutyunyan va “O‘zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish” bo‘yicha loyihasining komponent rahbari N. Zikrillayeva, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi boshqarma boshlig‘i D. Pardayev hamda boshqa mas’ul xodimlar ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Bu kabi tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad – mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmat xodimlari hamda hududiy adliya organlari xodimlariga normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini tartibga solish taʼsirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishning ahamiyati, zarurati va tartibini tushuntirishdan iborat.