O‘z huquqlaringizni biz bilan o‘rganing !
Savol: Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish tartibi qanday?
Javob: Ota-onalar, ularning oʼrnini bosuvchi shaxslar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar), bolalarning yaqin qarindoshlari (bobosi, buvisi, voyaga yetgan akasi yoki opasi) yoki uchinchi shaxslar (ariza beruvchilar) yoʼllanmalar olish uchun davlat xizmatlari markazlariga oʼzlari kelib murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) da roʼyxatdan oʼtadi.
Davlat xizmatidan kompleks tarzda foydalanish uchun FHDYo organiga tugʼilishni qayd etish bilan bir vaqtda murojaat qilishlari ham mumkin. Soʼrovnoma toʼldirilib, avtomatik ravishda Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimiga yuboriladi.
Tegishli tashkilot va guruhda boʼsh oʼrin boʼlganda – yoʼllanma shakllantiriladi, boʼsh oʼrin boʼlmaganda – soʼrovnoma tegishlicha umumiy yoki imtiyozli roʼyxatga kiritiladi hamda xabarnoma shakllantiriladi.
Savol: Qaysi toifadagi bolalar maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilishda imtiyozli roʼyxatga kiritiladigan?
Javob: Quyidagilar imtiyozli roʼyxatga kiritiladigan:
● I va II guruh nogironligi boʼlgan shaxslarning bolalari;
● koʼp bolali oilalarning bolalari;
● yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
● “Аyollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʼiz ayollarning bolalari;
● kontrakt boʼyicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;
● talabalar va pedagoglarning bolalari;
● akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan boʼlgan bolalar;
●koʼp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga oʼtkazilayotgan sogʼaygan bolalar.
Savol: Bolalar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ham imtiyoz bo’yicha qabul qilinadimi?
Javob: Bolalarni imtiyozli roʼyxat boʼyicha qabul qilish davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.
Savol: Ushbu davlat xizmatini ko‘rsatishda pul undiriladimi?
Javob: Bolalarni tashkilotga qabul qilish boʼyicha davlat xizmati bepul koʼrsatiladi.