June 15, 2022

«Qoidalarga yo‘l ham bo‘ysunadi»

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 15-mayidan 15-iyun kuniga qadar «Qoidalarga yo‘l ham bo‘ysunadi» shiori ostida Yo‘l harakati xavfsizligi huquqiy savodxonlik oyligi o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan, Buxoro tuman adliya bo'limi tomonidan tumandagi gavjum ko'chalarda huquqiy savodxonlik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinayapti. Tadbirlarda haydovchi hamda piyodalarning huquqiy madaniyatini oshirish, yo‘llarda tartibli harakatni tashkil etish bo’yicha tushuntirish ishlari olib borilayapti.

Shuningdek, aholiga yo‘l harakati qoidalari yuzasidan tayyorlangan buklet va flayerlarni tarqatilmoqda.