January 21, 2022

Sessiya ishida tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i U.To‘xtayevning “Tumanda norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axboroti” tinglandi

Kuni kecha bo'lib o'tgan Sessiya ishida tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i U.To‘xtayevning “Tumanda norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha” so'zga chiqdi.

Mazkur sessiya davomida Buxoro tuman adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kunidagi PF-5415-son “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2018-yil 13-aprel kunidagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2021-yil davomida jami 1244-ta nomartiv huquqiy hujjatlar elektron shaklda 18 ta tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlariga yetkazilganligi, yetkazilgan nomartiv-huquqiy hujjatlarning 83 tasi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, 341 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjat (shundan 92 ta farmon, 249 ta qaror)lari, 538 ta Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda 274 ta vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining buyruqlari hamda qarorlarini tashkil etishi haqida axborot berib o'tdi.

Buxoro tuman adliya boshqarmasi