April 4, 2022

Joriy yilning 29-mart kuni Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi

Adliya vazirligining “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” yuzasidan joriy yilning 15-mart - 15-may kunlari sog‘liqni saqlash va ta`lim tizimi xodimlarining huquq va manfaatlariga rioya etish ahvolini o‘rganish yuzasidan Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan aksiya doirasida bir qator targ'ibot tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan shu kabi tadbirlardan biri kuni kecha Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida tashkil etildi.

Markaz rahbari, bo`lim rahbarlari, kadrlar bo`limi va iqtisodiy ishlar bo`yicha faoliyat yuritadigan xodimlar ishtirok etgan ushbu tadbir davomida tashkilotdagi muammolar va ularga yechim berish masalalaridan tashqari qonunchilk bilan belgilangan mehnat munosabatlari haqida ya`na bir bor tushunchalar berildi.

Hususan, tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.05.2021 yildagi "Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida"gi 6221-sonli farmoni mazmun mohiyati tushuntirildi.

Tadbir so‘ngida xodimlar tomonidan mehnat qonunchiligiga doir savollar berilib, markaz xodimlari tomonidan atroflicha savollariga javob berildi.