April 13, 2022

Targ'ibot tadbirlari davom etmoqda

Kuni kecha Kogon tuman hokimligi binosida “Oilaviy ajrimlarni hamda xotin-qizlar orasida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri reja grafik asosida tashkil etildi. Tadbirni viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi xodimi F.Kamalov, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i L.Radjabova, adliya bo‘limi boshlig‘i H.Qoryog‘diyev, tuman IIB xotin-qizlar inspektori M.Jo‘rayeva, IIB voyaga yetmaganlar bo‘yicha psixolog F.Umurzoqova, O‘zbekiston Respublikasi Aksiyadorlik-tijorat Xalq bankining tuman filiali xodimi O.Shodiyeva, otinoyi Sh.Axmedovalar olib bordi.

Ushbu tadbirda mahalla fuqarolar yig‘inida jinoyatchilikka moyilligi bo‘lgan, notinch oilalarda yashab kelayotgan, ajrim yoqasiga kelib qolgan, huquqiy maslahatga muhtojligi bor xotin-qizlar ishtiroki ta’minlandi. huquqiy yordam olishga muhtoj ayollarga tuman adliya bo‘limi boshlig‘i H.Qoryog‘diyev, tuman IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori M.Jo‘rayevalar tomonidan huquqiy maslahatlar berilib, oilaviy ajrimlarning oldini olish, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish, xotin-qizlar ayniqsa, yoshlar va voyaga yetmaganlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan ximoya qilishda jamoatchilik nazorati to‘g‘risida tushunchalar berildi va oilaviy ajrimlarning salbiy oqibatlari, kiber jinoyatchilikning oldini olish xususida videoroliklar havola etildi. Tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda huquqiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlarning masalalari ko‘rib chiqildi, o‘rganildi, tushuntirish ishlari olib borildi va ijobiy hal etilishiga erishildi.