June 27, 2022

Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilmoqda

Viloyat adliya boshqarmasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi “Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori hamda O'zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 7-iyundagi 122-um-sonli buyrug'i mazmun-mohiyatini keng yoritish bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilish davomida yuqoridagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida, advokatlik faoliyati bilan shug'ullanish huquqi uchun litsenziya berish, talabgor tomonidan malaka imtihonini topshirishining amaldagi tartibi saqlangan holda, «Litsenziya» axborot tizimi orqali amalga oshirilishi va rasmiylashtirib borilishi, advokatlik tuzilmalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish, qayta ro'yxatdan o'tkazish va tugatish O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali «yagona darcha» tamoyili asosida faqat elektron tarzda amalga oshirilishi, advokatlik faoliyatini boshlashda malaka imtihonini topshirish, advokatlik faoliyati uchun litsenziya olish va advokatlik byurosini davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'yicha kompozit xizmat ko'rsatish imkoniyati yaratilishi haqida to'xtalib o'tildi.

Shuningdek, yig'ilish davomida Adliya vazirligining 2023-yil 1-yanvardan fuqarolarga yuridik yordam ko'rsatish jarayonlarini raqamlashtirish, advokatura sohasini sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa davlat organlari faoliyati bilan integratsiya qilishni nazarda tutuvchi «Yuridik yordam» axborot tizimini ishga tushirilishi haqida to'xtalib o'tildi.