June 8, 2022

Xotin-qizlar huquqlari doimo e'tiborda

Buxoro tuman adliya bo’limi tomonidan Saxovat MFYda ichki ishlar, mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash, oila va xotin-qizlar boshqarmalari hamda boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida davra suhbati o’tkazildi.

Unda, mamlakatda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish bilan bir qatorda, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash bo’yicha zarur vazifalar belgilab olindi.

Bundan tashqari, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglik masalalari bo’yicha adliya bo’limi tomonidan qilinayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida yig’ilganlarga ma’lumot berildi.