Matbuot kotiblari va jurnalistlar uchun press-tur tashkil etildi
Olib borilayotgan islohotlarni fuqorolarga yetkazish, tizimlarda ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash borasida davlat tashkilotlarida Ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan press turlar tashkil etilishi yaxshi samara bermoqda. Adliya vazirligi matbuot xizmati va viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan davlat organlari va tashkilotlari matbuot kotiblari, jurnalist hamda blogerlar uchun matbuot anjuman va press-tur tashkil etildi.
Matbuot anjumanda tizimda amalga oshirilgan ishlar, davlat xizmatlari markazi, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish va yuridik xizmat ko'rsatish markazlari viloyat adliya boshqarmasiga o'tkazilishi bilan xizmatlar sifatidagi o'zgarishlar tahlil qilindi. Jurnalist va blogerlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar olishdi. Itelekrual mulk sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yig’ilganlar tomonidan qizg’in muhokama qilindi.
Press-turning keyingi qismida davlat xizmatlari markaziga sayohat tashkil etildi. Markazdagi elektron navbatlar, identifikatsiya qurilmalarining fuqorolarga yengillik beradigan tomonlari haqida aytib o'tildi. Jurnalistlar ham bevositda davlat xizmatlaridan foydalanib ko’rishdi.
Shundan so'ng, yig’ilganlar Buxoro shaxar adliya bo'limi Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo'limida bo’lishdi. Bu yerda muhim hayotiy voqelar-tug'ilish, nikoh, o'lim bilan bog'liq fuqarolik holatlari dalolatnomalari yuritilishi bilan tanishdilar. Bundan tashqari, ikki yoshning nikohlarini qonuniy qayd etilishiga ham guvoh bo'lishdi.
Shuningdek, jurnalistlar asosiy vazifasi davlat tashkilotlari va muassasalarga yuridik xizmat ko'rsatishdan iborat bo'lgan yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyati bilan ham tanishdilar. Bir so'z bilan aytganda viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqorolarga sifatli xizmat ko'rsatish turlari keng joriy qilingan. Xodimlarning mexnat sharoitlarida ortiqcha ovvoragarchiliklar bartaraf qilish maqsadida sohaga zamonaviy texnologiyalar jalb qilingan. Bu albatta fuqorolar manfaatini ko'zlab, inson omilini kamaytirishga xizmat qilmoqda.